DARVESh MUHAMMAD TOQIY

DARVESh MUHAMMAD TOQIY (15-a. 2-yarmi — 16-a. boshlari, Hirot) — mashhur xattot, nastaʼliq xati ustasi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bilan hamsuhbat boʻlgan, ularning asarlarini chiroyli nastaʼliq xatida koʻchirgan. Darvesh Muhammad Toqiy koʻchirgan qoʻlyozma kitoblar: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-tida Husayn Voiz Koshifiyning «Lubob ul-albob» (Rakami — 2227, 1477-y. da koʻchirilgan), Alisher Navoiyning uchta terma devoni (R—3479, 4007, 7701; 15-a. oxiri — 16a. boshlari), Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» (R—3376/1, 15-a. oxiri), Muhammad Tohiriy Gʻazzoliyning «Maʼrifat ul-mazohib» (R—3376, 1502-y.) asarlari; Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi ommaviy kutubxonada Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»si (Dorn 338, 1482-y.), Istanbuldagi Toʻpqopu saroyi kutubxonasida Alisher Navoiyning hayotligida tartib berilgan moʻtabar «Kulliyot»i (26 asarni oʻz ichiga olgan, 802 varakdan iborat) rasmli qoʻlyozma kitobi (R-808, 1497— 1500-y. lar) saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x