DANDANAKON

DANDANAKONMarv sh. dan 33 km jan.-sharq (hoz. Toshrabot shaharchasi oʻrni)da oʻrta asrlardan qolgan shahar xarobasi. Old Osiyodan Jan.-Sharqiy Osiyoga boradigan qad. savdo yoʻli ustida joylashgan. Arxeologik qazilma va yozma manbalarga qaraganda, Dandanakon 9 — 11-a. larda ancha rivojlanib, mustahkam imoratlar va qalin mudofaa devori qurilgan (10a.). D. yonida 1040-y. 23-mayda Masʼud Gʻaznaviy bilan saljuq sultoni Toʻgʻrulbek oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang tarixda mashhur (q. Dandanakon jangi). Maqdisiy Dandanakonda naqshlar (oʻymakorlik, ganchkorlik) bilan bezatilgan hashamatli binolar borligini yozadi. Dandanakon saljuqiylar davlatining tashkil topishida muhim rol oʻynagan. 1158-y. da u oʻgʻuzlar tomonidan vayron qilingach, asta-sekin tashlandiq holga tushib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x