Bor-yoʻgʻimni etdim xayr-ehson,
Kecha-kunduz qildim ibodat.
Oxiratni oʻylab yondi jon,
Ilm istab yugurdim faqat.
Qabul boʻlmas birortasi ham,
Bari ketar shekilli kuyib.
Bugun tongda negadir otam
Qarab qoʻydi norizo boʻlib.
Aʼzam Oʻktam
https://saviya.uz/ijod/nazm/hadik/