DAYMYO — oʻrta asrlarda Yaponiyadagi yirik mulkdor knyazlar. «Daymyo» istilohi 11-a. da paydo boʻlib, yirik mulkdorlarni anglatgan. 14—15-a. lardan 16-a. oxirigacha Daymyolar markaziy hokimiyatdan mustaqil boʻlishgan. Tokugava syogunlari hukmronligi davrida (1603—1867) mamlakat birlashtirilgandan soʻng, Daymyoga yerlarida olinadigan sholi hosili kamida 10 ming koku (1 koku = 150 kg) ga yetgan yirik mulkdorlar mansub boʻlishgan. Knyazliklar iqtisodiy va maʼmuriy siyosiy birliklar hisoblanib, ichki ishlarda Daymyo toʻla hokimiyatga ega edi. Lekin xukumat Daymyolar ustidan har tomonlama nazoratni kuchaytirib, ularning yerlarini qisqartirgan. 1867—68 y. lardagi tugallanmagan burjua inqilobidan soʻng, Daymyo 1869—71 y. larda oʻz yerlaridan mahrum boʻlishgan, knyazliklar urniga prefekturalar barpo etilgan. Daymyo larga katta pul miqdorida tovon tulangan, Daymyo larning bir qismi yirik pomeshchiklarga (mulkdorlarga), ayrimlari — aksionerlar va sanoatchilarga aylangan. Saroy zodagonlari (kuge) bilan birga Daymyolar (1884-y. da) oliy zodagonlar — kadzokuni tashkil etgan, u 1890—1945-y. larda Yaponiya parlamentidagi perlar palatasida katta imtiyozlarga ega bulgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые