DOʻSTOBOD

DOʻSTOBODToshkent viloyatidagi shahar (1983-y. dan). Quyi Chirchiq tumani markazi. 1996-y. gacha Soldatskiy qishlogʻi. Angren daryosi Sirdaryoga quyilish joyiga yaqin yerda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Kuchlukkacha 38 km. Doʻstoboddan Toshkentgacha boʻlgan masofa 66 km. Aholisi 13,6 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, koreys, rus, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Doʻstobodda 3 sanoat korxonasi, 2 qurilish idorasi, 3 umumiy taʼlim maktabi, 20 dan ziyod maʼmuriy, davlat tashkilotlari, 40 dan ortiq xususiy korxona, 1 qoʻshma korxona, 300 oʻrinli kasalxona, poliklinika, madaniyat uyi, madaniyat va is-tirohat bogʻi, sport majmui mavjud.

Avtobus, taksi qatnovlari muntazam yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x