Kuz arafasi

Turnalar qur-qurlab uchdi yarim tun,

Mungli saslaridan seskandi osmon,

Kuz yaqinlab qolgan zamindan dilxun

Joʻnadilar yashil oʻlkalar tomon.

 

Kunduzi quyosh ham muloyim tortdi,

Bulutlar berkitdi uning koʻzini,

Shom chogʻi boʻzarib, imillab botdi,

Ilk marta madorsiz sezdi oʻzini.

 

Bu payt kaftlarini manglayga qoʻyib

Ogʻochlar boqardi ufqqa maʼyus.

Olislardan togʻ-togʻ tillosin uyub

Kelar edi puldor va rahmsiz kuz.

 

Orif Tolib

 

2011

https://saviya.uz/ijod/nazm/kuz-arafasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x