DRAMATURGIYA (yun. dramaturgia) — 1) muayyan sanʼatkor, davr va xalqqa mansub dramatik asarlar majmui. Mas, Hamza, Fitrat D. si, antik davr D. si, Uygʻonish davri D. si, ingliz Dramaturgiyasi, oʻzbek Dramaturgiyasi va b. ;
2) kino va spektaklning obrazli talqini konsepsiyasi. Teatr D. si badiiy drama asosida yuzaga kelgan, lekin hoz. teatrda u rejissyor ssenariysn yordamida amalga oshiriladi. Kinosanʼat uchun ssenariy shaklidagi Dramaturgiya xos (yana q. Drama).