Oshiq oʻyin

Bu qiz bilan sevishmoq oson,

Sutdek darrov pishar savdoying.

Goʻyo unga oshiq boʻlasan,

U ham boʻlar goʻyo adoying.

 

Silab-siypab, siylab suyasan

Kukuvlashgan musichalardek.

Sevgidan ham lekin toʻyasan,

Jonga tegar bir kun yaqinlik.

 

Nuqta qoʻysang bariga shu payt,

Qutulvolsang – omading kuldi.

Feʼling aynib uch kunlik sutday,

Chindan sevib qolmasang boʻldi.

 

Orif Tolib

 

2011

https://saviya.uz/ijod/nazm/oshiq-oyin/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x