Koʻpchilikning labini koʻrgan
Piyolalar yuvilgach takror
Jirkanmay choy ichgan singari
Koʻpni koʻrgan, koʻpga oʻptirgan
Qiyiq qizni quchar yigitlar
Bir parini quchgan singari.
Tamannoli goʻzal qoshida
Yigitlar goh choʻkadilar tiz
Visoliga erishmoq uchun.
Lek hech biri hatto tushida
Istamaydi shunday jonon qiz
Oʻz xotini boʻlib qolishin.
Orif Tolib
2011
https://saviya.uz/ijod/nazm/ajab/