DORUGʻA

DORUGʻA, daruxachi, dorugʻachi (moʻgʻulcha — nazoratchi, shahar boshligʻi) — 1) Moʻgʻullar davlatish mahalliy hokimlar huzuridagi ulugʻ qoon vakili, noibi. Dorugʻa zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini roʻyxatga olish; mahalliy xalqdan qoʻshin toʻplash; pochta aloqalarini yoʻlga qoʻyish; soliqlar yigʻish; toʻplangan soliq-toʻlovlarni ulugʻ qoon saroyiga yetkazish;

2) Temuriylar va shayboniylar davrida viloyat, shahar hokimi. Dorugʻaning vazifasiga shaharni idora qilish, aholi roʻyxatini olish va uni hisob-kitob qilib borish, soliq undirish kabilar kirgan;

3) Buxoro xonligida Dorugʻa shaharning harbiy komendanti.

Ad.: Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma (Sharafnomayi shohiy), 1-j., T., 1999; Mirza Badiʻ Divan, Madj-maʻ al-arkam, M., 1981; Bartold V. V., Sochineniya, t.1, M., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x