ISLOM ENSIKLOPEDIYASI

ISLOM ENSIKLOPEDIYASIislom muammolariga doir universal ensiklopediya. Islom dini, tarixiga oid barcha masalalar va istiloxlarni hamda musulmon mamlakatlariga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan. 20-a. boshlaridan nashr etila boshlagan. Ne-mis, golland, fransuz, ingliz sharqshunoslari uning asosiy tashabbuskorlari boʻlgan. 1908—38 y. larda nemis, ingliz va fransuz tillarida 4 jildli qilib Leydenda nashr etildi. 1933 — 65 y. larda arab tiliga tarjima qilib chiqarildi. 1950-y. dan Istanbulda turk tilida qayta ishlangan va toʻldirilgan holda chiqarildi. 1954-y. dan Yevropa va Amerikaning yirik islomshunoslari Islom ensiklopediyasini qayta nashr qilish ustida ish olib bormoqdalar. Hozirda turk tilida «Islom fiqhi», «Hadis ensiklopediyasi» nashrdan chiqqan. Islom ensiklopediyasi islomni va Sharq tarixini oʻrganuvchi tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x