Bir kishi sartaroshxonaga kirdi. Soch-soqolini oldirayotgan paytda sartarosh bilan gaplashib oʻtirdi. Gap eʼtiqod mavzusiga koʻchdi.
Sartarosh dedi:
– Nima desangiz deng, lekin men Xudoning borligiga ishonmayman.
– Nega? – deb soʻradi mijoz.
– Xudoning yoʻqligini anglash uchun shundoqqina koʻchaga chiqishning oʻzi yetadi. Xoʻp, siz aytganday Xudo bor boʻlsa, shuncha kasal odam qayerdan paydo boʻldi? Koʻchalarda daydib yurgan uysiz bolalar qayerdan keldi? Agar U haqiqatan ham bor boʻlganda, qaygʻu va dard nimaligini bilmagan boʻlardik. Bu narsalarni koʻrib, shodlanadigan, ularga yoʻl qoʻyib beradigan Xudo borligiga qanday ishonish mumkin?!
Mijoz indamadi. Sartarosh ishini tugatgach, unga meʼyordagidan ortiqroq haq toʻladi. Xayrlashib, tashqariga endi qadam qoʻygan edi, koʻchada shu tomonga kelayotgan soch-soqoli oʻsiq bir kishini koʻrib qoldi. Iziga qaytdi-da, sartaroshxona derazasini chertib, ustani yoniga chaqirdi. Haligi soch-soqoli oʻsgan kishini koʻrsatib, dedi:
– Nima desangiz deng, lekin men sartaroshlar borligiga ishonmayman.
U bosh kiyimini yechib, yengil taʼzim qildi-da, yoʻliga ravona boʻldi.
Orif Tolib tayyorladi.
“Hidoyat” jurnalining 2015 yil 4-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/ijod/nasr/sartaroshga-javob/