Tengim boshqa, dedi yor, topdim desam tengimni,
Marg`ilonlik bir dildor tortib oldi begimni. (x2)
Kulgi ketmay ko`zimdan, oqar bo`ldi ko`z yoshim,
Ko`z-ko`z qilib baxtini, yoqar bo`ldi kundoshim. (x2)
Nima bo`ldi bek yigit, bekangiz qarash yo`q?
Kumushdan ming o`rgulib, Zaynabdan hol so`rash yo`q. (x2)
Taqdir dedim, shum taqdir, ko`nglim ko`nsa kuymasdim,
Begim, sizni men axir Kumushdan kam suymasdim. (x2)
Qolsam dardim bir dunyo, ketsam bir uy ko`chim bor,
Kumushoyni keltirgan aravada o`chim bor. (x2)
Nima bo`ldi bek yigit, bekangiz qarash yo`q?
Kumushdan ming o`rgulib, Zaynabdan hol so`rash yo`q. (x2+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.