DISSONANS (lot. dissono – uygʻunlashmay, moslanmay yangrayman) (musiqada) — tovushlarning bir-biriga nisbatan hamohangsiz yangrashi. Aksi — konsonans. Kichik va katta sekunda va septimalar, barcha kamaytirilgan hamda orttirilgan intervallar Dissonans hisoblanadi. Mazkur intervallardan hatto birortasini oʻz tarkibiga olgan a k – kordlar ham Dissonans koʻptovushliklar turkumiga kiradi. Sharq musiqa nazariyasida Dissonans intervallar mutanofir, munofirat boʻdlar deyiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые