KUCH

KUCH (mexaniqada) — berilgan jismga boshqa jismlar tomonidan koʻrsatilayotgan mexaniq taʼsirning miqdori va yoʻnalishini ifodalovchi kattalik. Jismga koʻrsatiladigan taʼ-sir 2 xil hodisani — jismning tezligini oʻzgartirishi yoki uning defor-matsiyalanishini vujudga keltirishi mumkin. Ikkala hodisada yuzaga kelgan tezlanish yoki deformatsiya miqdorini oʻlchash orqali taʼsir etayotgan kuchni aniqlash mumkin. Kuchning dinamik va statik oʻlchash usullari mavjud. Nyu-tonning ikkinchi qonuniga muvofiq, jismga taʼsir etayotgan kuchjism massasi t bilan uning tezlanishi a koʻpaytmasiga teng: Gʻ = ta. Guk qonuniga asosan, elastik deformatsiyalarda, mas, prujiva yoki sterjenning chuzilishi (siqilishi)da vujudga ke-luvchi deformatsiyalanish kattaligi x taʼsir etayotgan kuchga proporsional: Gʻ = — Kx, bunda K — prujiva yoki sterjen bikrligi. Ikki jismning bir-biriga koʻrsatayotgan har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir harakatiga ega boʻlpb, ularning bir-birlariga taʼsir kuchlari doimo kattaligi jihatdan teng va yoʻnalishi jihatdan qarama-qarshi-dir. Kuch birligi qilib, massasi 1 kg boʻlgan jismga 1m/s2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan va I. Nyuton sharafiga nyuton deb atalagan. N bilan belgilanadi: 1N = 1 kg m/s2.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x