INTERFAZA (lot. inter — oraliq, phasis — yuzaga chiqish, namoyon boʻlish) — boʻlinadigan hujayralarda ikkita ketmaket mitotik boʻlinish oraligʻidagi davr, hujayra siklining bir qismi; mitoz xususiyatini yoʻqotgan hujayralar (mas, neyronlar)da oxirgi mitoz bilan hujayra oʻlgunicha oʻtgan davr. Hujayraning tinim davrini ham Interfaza deyish mumkin. Interfazada hujayralarning boʻlinishiga, ixtisoslashishiga va ularning toʻqima uchun xos boʻlgan mu-ayyan funksiyani bajarishga tayyorgarligi uchun zarur moddalar sintezlanadi. Hujayra sikli uchun kerakli vaktning 90% ga yaqini Interfazadan iborat. Interfazada xromatin spirallashmagan holatda boʻladi. Faqat ikki qanotli hasharotlar va ayrim oʻsimliklarning poli-ten xromosomalari butun Interfaza davomida spiral holatda turadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые