Oydin kechada

Bu tushmidi yoki menga roʻyo boʻlib koʻrindimi?

Kuzning mungli toʻlin oyi anchadan beri koʻkda suzib yurganday, kun davomidagi mayda tashvishlar va yolgʻon-yashiqlardan orom oladigan vaqt kirganday tuyuldi menga. Menimcha, butun Parij, hatto eng chekkadagi gʻarib kulbalar ham uyquga choʻmgan edi. Uzoq uxladim, uyqu meni juda sekin tark etdi. U xuddi oʻz ishini qoyilmaqom bajargachgina ketadigan kuyinchak doʻxtirga oʻxshardi. Bunday tabib bemor sogʻayib, koʻksini toʻldirib nafas olgachgina, koʻzlarini ochib, hayotga qaytish quvonchi bilan kulib qaragachgina, xotirjam boʻladi. Uyqudan uygʻonganimda sokin va oydin tun choʻkkan edi.

Beshinchi qavatdagi xonamda sassiz qadam tashlab, derazalardan birining yoniga keldim. Gʻira-shira yorishib turgan keng xonaga koʻz tashladim, soʻng derazaning ustki oynasidan oyga tikildim. U meni oʻz nurlariga choʻmdirdi, men esa uning yuziga uzoq termulib turdim. Yogʻdular parda toʻrlari orasidan oʻtib, xonadagi qorongʻilikni biroz tarqatar edi. Bu tomondan oy koʻrinmasdi. Lekin toʻrtala oyna ham, ularning yon-atrofidagi narsalar ham yorishib turardi. Yogʻdu oqish-moviy va oqish-kumushrang deraza raxlari yonidan oʻtar, ularning qiyshiq va kulrang soyalari esa xiyol yorishib turgan kursi va oʻrindiqlarga oʻzini tashlagan edi. Eng chekka deraza yonidagi kursida men sevgan ayol oʻtirardi. Koʻylagi qizchalarnikiday oppoq, yuzi rangpar va chiroyli edi. U hozir ikkalamiz boshdan kechirgan va bizni koʻpincha gʻazabga mindirib, murosasiz dushmanlarga aylantiradigan jamiki narsalardan toliqib oʻtirardi.

Bu kecha uning ham uyqusi qochgan. Nega?

Ayolimga qarashdan qochdim, yoniga bordim-da, deraza tokchasiga oʻrnashdim… Ha, vaqt allamahal boʻlgan – qarshimizdagi besh qavatli uyning butun devori zim-ziyo. Derazalari xuddi soʻqir koʻzga oʻxshaydi. Pastga qaradim – koʻchaning tor va chuqur yoʻlagi ham qorongʻi va kimsasiz. Butun shahar shunday. Xira nur sochayotgan oygina bir tomonga biroz qiyshayib, gʻildirab boryapti, ammo tutunday yoyilgan bulutlar orasida harakatsizday koʻrinadi. Shahar boʻylab birgina u uygʻoq kezyapti. U toʻppa-toʻgʻri menga tikilib turibdi, biroz kemtilgan va shu sababdan gʻamgin koʻrinadi. Bulutlar uning oldidan tutunday suzib oʻtyapti. Oy yonida ular ancha yorugʻ edi, eriyotganga oʻxshardi, nariroqqa borib ancha quyuqlashdi, tomlarning chetiga yetganda esa butkul qora kiyib, zulmat bagʻriga singib ketdi…

Oydin tunni kuzatmaganimga ham ming yil boʻlgandi oʻzi! Oʻylarim yana olis, deyarli unutilgan kuz kechalariga yoʻl oldi. Bunday kechalarni bolaligimda, oʻrta Rossiyaning baland-past dashtlarida koʻrganman. Parijni xayolan tark etdim va butun Rossiya, yuksak osmon ostida yotgan ulkan kengliklar bir lahza koʻz oldimda namoyon boʻldi. Ana – Boykoʻl dengizining tilloday tovlanib turgan sathi. Manavi boʻlsa – sharqqa tomon yorishib borayotgan zim-ziyo qaragʻay oʻrmoni, bular esa – unda-bunda oʻrmonlar, botqoqliklar, siyrak daraxtzorlar. Ulardan quyida janubga tomon bepoyon dalalar va tekisliklar choʻzilgan. Oʻrmonlar orasidan yuz chaqirimlab oʻtgan temiryoʻl relslari oy nurida kuchsiz yaltiraydi. Yoʻl yoqasidagi uyqusiragan turfa rang chiroqlar koʻzlarini pirpiratib, vatanimga tomon birin-ketin chopib borayotganday. Oldimda past-baland dalalar, ularning oʻrtasida esa – zamindorning eski uyi. Nurab, tutday toʻkilay deb turgani oy nurida aniq koʻrinadi… Nahotki bu bolaligimda xonamga moʻralagan, oʻsmirligimda yoʻldosh boʻlgan oʻsha oy boʻlsa? Hozir u omadsiz yoshligimni eslab men bilan dardlashib turibdi, yorugʻ tun bagʻrida menga ovunch boʻlyapti…

– Nega uxlamayapsan? – ayolimning juraʼtsiz tovushi eshitildi.

Qaysarligimiz sabab uzoq davom etgan sukunatni birinchi boʻlib u buzdi, bu esa koʻnglimda ogʻriqli bir qoniqish hissini uygʻotdi.

– Bilmadim… Oʻzing-chi?

Yana uzoq jim qoldik. Oy tomlarga yaqin kelib qolgan, xonamizga oʻychan tikilib turadi.

– Kechir, – dedim unga yaqinlashib.

U javob bermadi va koʻzlarini qoʻllari bilan berkitdi.

Men uning qoʻllarini koʻzlaridan oldim. Yonoqlariga yosh dumalab tushdi, kipriklari yosh bolanikiday titranib turardi. Ayolimning qarshisiga tiz choʻkib, bagʻriga yuzimni bosdim. Ikkovimiz ham sel boʻlib yigʻladik.

– Nahot sen aybdor boʻlsang? – shivirladi ayolim. – Axir hammasiga men sababchimasmanmi?

Ayolimning koʻzyosh yuvgan yuzlariga shodon va mungli tabassum yoyildi.

Men esa ikkalamiz aybdor ekanimizni aytdim. Chunki ikkalamiz ham baxt qasamini buzdik. Ayni damda biz yana bir-birimizni oʻtli muhabbat bilan sevardik. Bunday hisni birga iztirob chekkan, birga yanglishgan, shu bilan birga, haqiqatning kamdan-kam uchraydigan lahzalarini ham birga qarshilaganlargina tuyishi mumkin.

Bizning baxtimizga xira tortgan, mungli oygina guvoh edi…

 

1899

 

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 4-sonida chop etilgan.

 

Ivan Bunin

Atoqli rus yozuvchisi, shoiri va akademigi. Rus adiblari ichida birinchi boʻlib Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1933).

1870 yilning 22 oktyabrida Rossiyaning Voronej shahrida dvoryan oilasida tugʻilgan. Birinchi sheʼriy mashqini sakkiz yoshida qogʻozga tushirgan. Matbuotda ilk bor 1887 yil fevralda chiqish qilgan – “Rodina” gazetasida “Nadson qabri yonida” nomli sheʼri chop etilgan. Ilk kitobi “Sheʼrlar” 1891 yili “Oryol xabarnomasi” gazetasiga ilova sifatida nashr qilingan.

“Mitinning muhabbati” (1924), “Quyosh zarbi” (1925), “Kornet Yelagin ishi” (1925), “Arsenyev hayoti” asarlari va “Qorongʻu xiyobonlar” hikoyalar turkumi mashhur.

Adabiyotshunoslar Ivan Buninni rus mumtoz adabiyotining soʻnggi vakili sifatida baholaydi.

Adib 1953 yil 8 noyabrda Parijda vafot etdi va Sent Jenevyev de Bua qabristoniga dafn etildi.

 

 

Tekst na russkom (original)

Ivan Bunin

Pozdney nochyu

Biʼl li eto son ili chas nochnoy tainstvennoy jizni, kotoraya tak poxoja na snovideniye? Kazalos mne, chto osenniy grustniʼy mesyas uje davniʼm-davno pliʼvet nad zemley, chto nastupil chas otdiʼxa ot vsey lji i suyetiʼ dnya. Kazalos, chto uje ves, do poslednego nishʼenskogo ugla zasnul Parij. Dolgo spal ya, i nakonets medlenno otoshel ot menya son, kak zabotliviʼy i netoropliviʼy vrach, sdelavshiy svoye delo i ostavivshiy bolnogo uje togda, kogda on vzdoxnul polnoy grudyu i, otkriʼv glaza, uliʼbnulsya zastenchivoy i radostnoy uliʼbkoy vozvrashʼeniya k jizni. Ochnuvshis, otkriʼv glaza, ya uvidal sebya v tixom i svetlom sarstve nochi.

Ya nesliʼshno xodil po kovru v svoyey komnate na pyatom etaje i podoshel k odnomu iz okon. Ya smotrel to v komnatu, bolshuyu i polnuyu legkogo sumraka, to v verxnee steklo okna na mesyas. Mesyas togda oblival menya svetom, i, podnyav glaza kverxu, ya dolgo smotrel v yego litso. Mesyachniʼy svet, proxodya skvoz belesiʼe krujeva gardin, smyagchal sumrak v glubine komnatiʼ. Otsyuda mesyasa ne biʼlo vidno. No vse chetiʼre okna biʼli ozareniʼ yarko, kak i to, chto biʼlo vozle nix. Mesyachniʼy svet padal iz okon bledno-golubiʼmi, bledno-serebristiʼmi arkami, i v kajdoy iz nix biʼl diʼmchatiʼy tenevoy krest, myagko lomavshiysya po ozarenniʼm kreslam i stulyam. I v kresle u kraynego okna sidela ta, kotoruyu ya lyubil, – vsya v belom, poxojaya na devochku, blednaya i prekrasnaya, ustalaya oto vsego, chto miʼ perejili i chto tak chasto delalo nas zliʼmi i besposhʼadniʼmi vragami.

Otchego ona toje ne spala v etu noch?

Izbegaya glyadet na nee, ya sel na okno, ryadom s ney… Da, pozdno – vsya pyatietajnaya stena protivopolojniʼx domov temna. Okna tam cherneyut, kak slepiʼe glaza. Ya zaglyanul vniz, – uzkiy i glubokiy koridor ulitsiʼ toje temen i pust. I tak vo vsem gorode. Tolko bledniʼy siyayushʼiy mesyas, slegka naklonenniʼy, katitsya i v to je vremya ostayetsya nedvijimiʼm sredi diʼmchatiʼx begushʼix oblakov, odinoko bodrstvuya nad gorodom. On glyadel mne pryamo v glaza, svetliʼy, no nemnogo na ushʼerbe i ottogo – pechalniʼy. Oblaka diʼmom pliʼli mimo nego. Okolo mesyasa oni biʼli svetliʼ i tayali, dalshe sgushʼalis, a za grebnem kriʼsh proxodili uje sovsem ugryumoy i tyajeloy gryadoy…

Davno ne vidal ya mesyachnoy nochi! I vot miʼsli moi opyat vozvratilis k dalekim, pochti zabiʼtiʼm osennim nocham, kotoriʼe videl ya kogda-to v detstve, sredi xolmistoy i skudnoy stepi sredney Rossii. Tam mesyas glyadel pod moyu rodnuyu krovlyu, i tam vperviʼe uznal i polyubil ya yego krotkoye i blednoye litso. Ya miʼslenno pokinul Parij, i na mgnoveniye pomereshʼilas mne vsya Rossiya, tochno s vozviʼshennosti ya vzglyanul na ogromnuyu nizmennost. Vot zolotisto-blestyashʼaya pustiʼnnaya shir Baltiyskogo morya. Vot – xmuriʼe straniʼ sosen, uxodyashʼiye v sumrak k vostoku, vot – redkiye lesa, bolota i pereleski, nije kotoriʼx, k yugu, nachinayutsya beskonechniʼe polya i ravniniʼ. Na sotni verst skolzyat po lesam relsiʼ jelezniʼx dorog, tusklo pobleskivaya pri mesyase. Sonniʼe raznotsvetniʼe ogonki mersayut vdol putey i odin za drugim ubegayut na moyu rodinu. Peredo mnoy slegka xolmistiʼe polya, a sredi nix – stariʼy, seriʼy pomeshʼichiy dom, vetxiy i krotkiy pri mesyachnom svete… Neujeli eto tot je samiʼy mesyas, kotoriʼy glyadel kogda-to v moyu detskuyu komnatu, kotoriʼy videl menya potom yunoshey i kotoriʼy grustit teper vmeste so mnoy o moyey neudavsheysya molodosti? Eto on uspokoil menya v svetlom sarstve nochi…

– Otchego tiʼ ne spish? – usliʼxal ya robkiy golos.

I to, chto ona pervaya obratilas ko mne posle dolgogo i upornogo molchaniya, bolno i sladko kolnulo mne v serdse. Ya tixo otvetil:

– Ne znayu… A tiʼ?

I opyat miʼ dolgo molchali. Mesyas zametno opustilsya k kriʼsham i uje gluboko zaglyadiʼval v nashu komnatu.

– Prosti! – skazal ya, podxodya k ney.

Ona ne otvetila i zakriʼla glaza rukami.

Ya vzyal yee ruki i otvel ix ot glaz. Po shʼekam yee katilis sleziʼ, a brovi biʼli podnyatiʼ i drojali, kak u rebenka. I ya opustilsya u yee nog na koleni, prijalsya k ney litsom, ne sderjivaya ni svoix, ni yee slez.

– No razve tiʼ vinovat? – sheptala ona smushʼenno. – Razve ne ya vo vsem vinovata?

I uliʼbalas skvoz sleziʼ radostnoy i gorkoy uliʼbkoy.

A ya govoril yey, chto miʼ oba vinovatiʼ, potomu chto oba narushali zapoved radosti, dlya kotoroy miʼ doljniʼ jit na zemle. Miʼ opyat lyubili drug druga, kak mogut lyubit tolko te, kotoriʼe vmeste stradali, vmeste zablujdalis, no zato vmeste vstrechali i redkiye mgnoveniya pravdiʼ. I tolko bledniʼy, grustniʼy mesyas videl nashe schastye…

 

1899

 

Ivan Bunin.

https://saviya.uz/ijod/nasr/oydin-kechada/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x