DIVERSIFIKATSIYA

DIVERSIFIKATSIYA (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma) larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiyada yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h. k.) boshqa i. ch. tarmoklari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda i. t. va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (mas, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish D. si deyiladi. Bundan tashqari uning kredit D. koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday Diversifikatsiya tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan bogʻliq.

Dunyo mamlakatlarida Diversifikatsiya jarayoni 20-a. ning 50-y. lari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida Diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois Diversifikatsiya xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiyiqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan belgilanadi. Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoklilik tusini oladi. Ular avvalo koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot i. ch. bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Mas, AQSH konsernlari xizmat koʻrsatish, qurilish, yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va b. da faoliyat yuritdi.

Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalarida asosiy mahsulot turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari i. ch. yoʻlga qoʻyilgan.

Risolat Ishmuratova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x