KUZNESK OLATOVI

KUZNESK OLATOVI — Sibirning jan. dagi togʻ tizmasi. RF Kemerovo viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasi xududida. Oʻz. 300 km. Gʻarbda Kuznesk soyligiga tik tushgan, sharqiy yon bagʻri Minusinsk soyligi tomon pasaya boradi. Jan. da Abakan tizmasidan shim. da Sibir t. y. gacha davom etgan. Eng baland qismi jan. da (Tegir-Tiz tizmasidagi Verxniy Zub togʻi —2178 m). Asosan, ohaktosh, kvarsit va slaneslardan tarkib topgan. Gabbro, diorit, granit va siyenit introʻziyalari uchraydi. Iqlimi sovuq va nam. 400—800 mm yogʻin yogʻadi. Yon bagʻirlari oʻrmonlar b-n qoplangan. Foydali qazilmalari: temir va marganes rudalari, oltin, xromit, boksit. Ohaktosh, gabbro, granit va sh. k. qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x