KUBALIKLAR (oʻzlarini kubanos deb atashadi) — xalq. Kubaning asosiy aholisi (10,6 mln. kishidan ortiq). Taxm. aholisining yarmi mulatlar, qolganlari oq tanli va negrlar. Umumiy soni 11,7 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Ispan tilining kuba lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar. Kubaliklar, asosan, q. x. (shakarqamish, tamaki, sholi, meva yetishtirish) bilan shugʻullanadi. Koʻp tarmoqli sanoat rivojlangan. Anʼanaviy xalq tomoshasi — karvanallar (las komparsas) oʻtkazib turishadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые