Ummon — Yor etdi xor

Yor etdi xor… Yor…
Ozrularim ichra kezarding tanho…
Sen menga bergan azoblarni
Dushmanim ham bera olmas aslo.

Yo’q sevgingga ishontirding,
Men esa shuni anglay olmadim.
Yo’q darding bilan yig’lading,
Men esa davo izladim.

Dardimning tabibi tark etadi meni,
Lek tark etmaydi dard, ko’z yoshlarim hamdard.
Ketganiga sabab topolmadim faqat,
Nechun, Allohim, sevgi so’nar besabab?

Muhabbatim uvol, qo’lida bo’ldi xor,
Achinmaydi zinhor, ey, bevafo yor.
Sog’indim so’zlaring, kulib turishlaring,
Sog’indim, hattoki, yolg’ondan sevishing.

Yo’q sevgingga ishontirding,
Men esa shuni anglay olmadim.
Yo’q darding bilan yig’lading,
Men esa davo izladim.

Qalbimdagi ohlarim, yuragimdagi dodlarim,
Sevmaganingga isbot, qaytib kelma, shiroz taroz.
Nahotki, meni hech qachon sevmagansan?
Nahotki, meni shunchaki aldagansan?
Nahotki, seni erkalar o’zga qo’llar?
Mening esa qalbim jim yig’lar.

Dardimning tabibi tark etadi meni,
Lek tark etmaydi dard, ko’z yoshlarim hamdard.
Ketganiga sabab topolmadim faqat,
Nechun, Allohim, sevgi so’nar besabab?

Muhabbatim uvol, qo’lida bo’ldi xor,
Achinmaydi zinhor, ey, bevafo yor.
Sog’indim so’zlaring, kulib turishlaring,
Sog’indim, hattoki, yolg’ondan sevishing.

Yor etdi xor… Yor…

Dardimning tabibi tark etadi meni,
Lek tark etmaydi dard, ko’z yoshlarim hamdard.
Ketganiga sabab topolmadim faqat,
Nechun, Allohim, sevgi so’nar besabab?

Muhabbatim uvol, qo’lida bo’ldi xor,
Achinmaydi zinhor, ey, bevafo yor.
Sog’indim so’zlaring, kulib turishlaring,
Sog’indim, hattoki, yolg’ondan sevishing.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x