Esar Jayhun shamollari

Qayda yursam sogʻintirar,

Ona yurtim tomonlari.

Xayolimda sahar-sahar,

Esar Jayhun shamollari.

 

Atirgul terib choʻllardan,

Gulirayhon chamanlardan,

Bizning bul goʻzal ellardan

Esar Jayhun shamollari.

 

Paxtakor xalq mehnat ahli,

Martabali idrok, aqli,

Hayot joʻsh ursa ne chogʻli,

Esar Jayhun shamollari.

 

Oʻzbekiston – shonli diyor,

Bulbullar ishqinda yonar,

Hamma faslinda navbahor,

Esar Jayhun shamollari.

 

Umr qisqa, manzil uzoq,

Yillar bizdan ketar yiroq.

Mangu qoʻshiq kabi yangroq,

Esar Jayhun shamollari.

 

El mehri soʻnmas yuzingdan,

Ulugʻ daryoyi azimdan,

Qoraqalpoq, Xorazmdan,

Esar Jayhun shamollari.

 

Ibroyim der, el nafasi,

Amuning sirli sharpasi,

Umrimning boqiy sabosi,

Salom, Jayhun shamollari!

 

Ibroyim YUSUPOV,

Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri

 

 

“OʻzAS”dan olindi

https://saviya.uz/ijod/nazm/esar-jayhun-shamollari/

2 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x