Sharq olamida Aflotun nomi bilan mashhur Qadimgi Yunon faylasufi Platon Suqrotning shogirdi, Arastuning ustozi edi. U asarlari bizgacha toʻliq shaklda yetib kelgan birinchi faylasufdir.
Tarixchi Diogen (II-III asrlar) maʼlumotiga koʻra, Platonning asl ismi Aristokl boʻlib, “Eng yaxshi shon-shuhrat” degan maʼnoni bildiradi. Qabrga ham shu nom bilan qoʻyilgan. Platon esa taxallus boʻlib, “keng”, “keng yelkali” degan maʼnoga ega. Boʻyi baland, yelkalari keng boʻlgani va kurashlarda koʻp gʻalaba qozongani uchun faylasufga bu nomni ustozi Suqrot bergan.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik”, 2017–3
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/platon-ning-manosi-nima/