Mashhur faylasuf Arastuning oldiga bir dimogʻdor boyvachcha keladi va jimjimador ohangda gapira boshlaydi. U oʻzining ovozidan, aytayotgan soʻzlaridan zavqlanar, shu sababli hali-beri toʻxtashni istamasdi.
Oradan anchagina vaqt oʻtgach, dimogʻdor notiq shunday lutf qiladi:
– Taqsir, sizni zeriktirib qoʻymadimmi?
– Yoʻq, bemalol, – deb javob beradi Arastu. – Axir, sizni eshitganim yoʻq-ku.
Orif Tolib tayyorladi.
Yoshlik”, 2017–4
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/zeriktirib-qoymadimmi/