Mashhur faylasuf Diogen faqirlikda kun kechirardi. Oʻta ziqnaligi va rahmsizligi bilan tanilgan bir kishi bir kuni unga dedi:
– Qani, bir urinib koʻr-chi, balki meni sadaqa berishga koʻndirarsan.
Faylasuf bu “iltifotli” gapga shunday javob qaytardi:
– Agar seni biror-narsaga rozi qilishning iloji boʻlganida, oʻzingni osishingga koʻndirgan boʻlardim.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik”, 2017–5
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/agar-iloji-bolganida/