Tasbe

Tasdirda birinchi misraning dastlabki soʻzi (yoki soʻzlari) ikkinchi misra oxirida takrorlansa, tasbeda birinchi misra oxiridagi soʻz keyingi misra boshida takrorlanadi.

Tasbening asosiy xususiyati shundaki, u kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi. Chunki birinchi misra oxiridagi soʻzning keyingi misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida taʼsir qoʻzgʻatadi va bu taʼsir kitobxonni shu soʻz ustida oʻylashga majbur qiladi. Shuning uchun ham yetuk shoirlarning deyarli barchasi tasbe uchun baytdagi eng muhim soʻzlarni tanlaydi.

 

Kuchum yetguncha koʻp qildim v a f o lar,

V a f o li qulni asrar podsholar.

(Xorazmiy)

 

 

“Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017) darsligidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/tasbe/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x