Onalarning oyogʻi ostidadir
Ravzai jannatu jinon bogʻi.
Ravza bogʻi visolin istar esang
Boʻl onaning oyogʻin tufrogʻi.
* * *
Boshni fido ayla ato qoshigʻa,
Jismni qil sadqa ano boshigʻa.
Tun, kuningga aylagali nurposh
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Alisher NAVOIY
https://saviya.uz/ijod/nazm/tortliklar/