Sakkizliklar

Onam uchun avval armon edim men,

Soʻngra men talpindim quchoqlarida.

Koʻzidan yosh boʻlib quyildim keyin,

Va asta eridim dudogʻlarida…

 

Orzu otashida, issiq quchoqda

Yetishgan, ey sheʼrim, ey jonon oʻgʻil,

Shu buyuk dunyodan koʻz yumar chogʻda

Mening kiprigimdan nur boʻlib quyil…

 

 

* * *

 

Doʻstim, tunda turib, ufqlarga boq,

Nur toshar gohi shoʻx, gohi asabiy.

Onalar uxlamas, onalar uygʻoq,

Bedorlikning buyuk tangrisi kabi.

 

Muazzam zaminni oy nuri emas,

Shu koʻzlar ziyosi chulgʻamish butun.

O, agar onalar koʻz yumsa birpas,

Jahon qopqasiga yopriladi tun…

 

Jamol KAMOL

https://saviya.uz/ijod/nazm/sakkizliklar/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x