– Soʻzlarimni qulogʻingga
Ilib olgin axir san.
Shahar olis, eshitmaysan,
Oʻngʻor togʻdan chaqirsam.
Ehtiyot boʻl, shaʼningga
Gard-u gʻubor indirma.
Koʻrar koʻzim, ukangni
Yolgʻizligin bildirma.
Bersin senga bobolarning
Bardoshini, sabrini.
Qilib turgin ziyorat
Oʻgʻlim, otang qabrini.
Tegirmonning toshidek
Yil aylanar oʻrtadan.
Mendan keyin qishloqqa
Kelmaysan, deb qoʻrqaman…
Tursunboy ADASHBOYEV
https://saviya.uz/ijod/nazm/onamning-songgi-iltimoslari/