Vali Gʻafurov (1922–1995)

Jangchi-yozuvchi Vali Gʻafurov 1922 yil Toshkentda tugʻilgan. Tarjimai holi nihoyatda oddiy, ayni chogʻda, hayajonli, jasoratga toʻla, sermazmun. U Toshkent davlat universitetida tahsil oldi. Samarqand viloyatidagi maktablarda oʻqituvchilik qildi. 19 yoshga yetar-yetmasdan Ikkinchi jahon urushiga yoʻl oldi. Stalingrad ostonalarida mardlik namunalarini koʻrsatdi. Navbatdagi razvedka vaqtida ikki koʻzidan ajraldi, bir oyogʻi nogiron boʻlib qoldi.

Janglardan qaytgach, tirishqoqligi, mehnatsevarligi tufayli yaxshi odamlar koʻmagida brail ‒ igna bilan yozish, oʻqish usulini tezda oʻzlashtirib oldi. Oʻqituvchilik qildi, koʻzi ojizlarga rahbarlik qildi. Va, nihoyat, 60-yillar boshlariga kelib, uning igna bilan yozilgan “Vafodor” romanining birinchi kitobi nashr etildi.

1973 yilda “Vafodor” romanining ikkinchi kitobi ham paydo boʻldi. Asar adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima qilindi. Romanda yozuvchining shaxsiy hayoti tasviri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, qahramonlik, birodarlik tuygʻulari ulugʻlanadi.

Vali Gʻafurov “Soʻnggi pushaymon”, “Botirga oʻlim yoʻq” kabi qissalar, “Shoxlardagi mezonlar” kabi memuar asarlar va koʻplab hikoyalar yaratdi.

Ushbu asarlari orasida “Soʻnggi pushaymon” qissasi alohida ajralib turadi. Unda yoshlarning maʼnaviy-axloqiy kamolotiga toʻsiq boʻlayotgan ayrim eskicha urf-odatlar, illatlarni bartaraf etish yoʻllari izlandi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Vali Gʻafurov 1995 yilning 5 avgustida vafot etgan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/vali-gafurov-1922-1995/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x