MEHNAT QOBILIYATI — xodimning sogligʻidagi holatidan kelib chiqadigan mehnat faoliyatiga boʻlgan qobili-yati. Xodim bajarishi mumkin boʻlgan ishlarning xususiyatiga qarab Mehnat qobiliyati quy-idagicha farqlanadi: umumiy Mehnat qobiliyati, yaʼni odatdagi sharoitlarda muayyan ishni bajarish qobiliyati; kasbga doyr Mehnat Qobiliyati, yaʼni muayyan kasb (ixtisos) boʻyicha ishni bajarish qobiliyati; maxsus Mehnat qobiliyati Q,, yaʼni muayyan i. ch. va ogʻir noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida (yer osti ishlarida, noqulay mehnat sharoitidagi ishlar, mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlar va b.) ishni bajarish krbiliyati. Ish koʻlamiga qarab toʻliq Mehnat qobiliyati va cheklangan Mehnat qobiliyati mavjud. 16 yoshga yetgan har bir fuqaro Mehnat qobiliyatiga ega deb hisoblanadi va uni ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi (OʻzR Mehnat kodeksining 77moddasi). Ishga qabul qilishda istis-no tariqasida 15 yoshga toʻlgan oʻsmirlar ham Mehnat qobiliyatiga ega deb eʼtirof etiladi. Qonunga binoan, 14 va 15 yoshga toʻlgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasbhunar oʻquv yurtlarining 14 yoshga toʻlgan oʻquvchilarini ota-onalaridan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalar sogʻligʻiga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni oʻqishdan boʻsh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Qonunchilikda ayrim hollarda ishga qabul qilishda va mehnat jarayonida oldindan maxsus va kasbiga doir Mehnat qobiliyatini aniqlash nazarda tutilgan. Bunday tekshirish topshiriladigan ishga xodimning yaroqdiligini aniqlash va kasb kasalligining oldini olish, shaxsiy va ijtimoiy mehnat xavfsizligi, aholi sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida oʻtkaziladi.
Mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqt-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tashkil qilinadi: 18 yoshga toʻlmaganlar; 60 yoshga toʻlgan erkaklar, 54 yoshga toʻlgan ayollar; nogironlar; mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek, transport harakati bilan bogʻlik ishlarida band boʻlganlar; oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band boʻlganlar; umumtaʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya va b. muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganda dastlabki tarzda va vaqt-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtilishi lozim boʻlgan boshqa ishlarning roʻyxati va ularni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bir qator ishlarni bajarishga fatsat tegishli kasb tayyorgarligi yoki maxsus maʼlumoti, guvohnomasi (mas, shifokorlar, farmatsevtlar, uchuvchilar, avtotransport haydovchilari), ayrim hollarda kasbi boʻyicha mehnat staji va ruxsatnomasi — litsenziyaga ega boʻlgan (mas, notariuslar, yuris-konsultlar va b.) shaxslarga ishlashga ruxsat beriladi. Mehnat qobiliyatining turgʻunligi unchalik yuqori darajada buzilmaganda toʻliqsiz Mehnat qobiliyati q – tibbiy maslahat komissiyasi yoki Mehnat qobiliyati juda pasayib, kam malakali yoki oʻz kasbida mehnat sharoitini ancha oʻzgartirish, i. ch. faoliyati koʻlamini pasaytirishga olib keladigan boshqa ishga oʻtkazish zarurati tugʻilganda Mehnat qobiliyati maxsus tibbiy maslahat komissiyaning tasdigʻi bilan belgilanadi (yana q. Nogironlik, Mehnatga qobiliyatsizlik, Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik).
Anvar Inoyatov.