MEHNAT DAFTARCHASI

MEHNAT DAFTARCHASI — xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi asosiy hujjat. OʻzR Mehnat kodeksiga koʻra, ish beruvchi korxonada 5 kundan ortiq ishlayotgan xodimlarning hammasiga Mehnat daftarchasini tutishi shart (oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno). Mehnat daftarchasiga xodim, u bajarayotgan ish haqidagi maʼlumotlar kiritiladi. Jazolar Mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat shartnomasi (kontrakti) xodimning tashabbusi bilan kasalligi, nogironligi, qarilik tufayli pensiyaga ketishi, oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtiga yoxud aspiranturaga kirganligi va qonun muayyan imtiyozlar, afzalliklar berishni nazarda tutadigan boshqa sabablarga koʻra bekor qilinganda, Mehnat daftarchasiga ishdan boʻshash haqidagi yozuv ushbu sabablarni koʻrsatgan holda yoziladi. Xodim ishdan boʻshaganda Mehnat daftarchasi unga ishdan boʻshash kunida beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x