MAHAYANA (sanskritcha — katta ara-va, najot topishning keng yoʻli) — buddizmtt 2 asosiy oqim (xinayana bilan birga)dan biri. Milodning boshlarida keng tarqalgan. Mahayana ruhiy kamolot ahsiga rioya etuvchi, xudoga ilti-jo qiluvchi, rohiblarga inʼomlar berib yordam qiluvchi har qanday dindor najot topishi mumkin, deb hisoblaydi. Mahayana taʼlimotiga koʻra, dunyo — bir roʻyo, faqat nirvana realdir. Mahayanada jannat haqidagi taʼlimot muayyan oʻrin egallaydi. Mahayanaga koʻra, jannat bir nechta, ular Mahayana adabiyotida va lamalar vaʼ-zlarida mukammal va jozioali qilib taʼriflanadi, ikona va katta hajmli koʻrgazma maketlarda tasvirlanadi. Mahayanada Budda donishmand-ustozdan tipik xudoga aylangan. M. Hindistondan tashqaridagi keyingi buddizmning, jumladan, lamaizmning bir necha maktablari va yoʻnalishlari uchun asos boʻlib xizmat qildi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые