PEPSIN (yun. pepsis — ovqat hazm qilish) — sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va koʻpchilik baliqlar meʼda shirasinint asosiy fermenti. Oqsillar va peptidlarni parchalaydi. Nemis olimi T. Shvann topgan (1836). Amerikalik olim J. Nortrop uni kristall holda olgan (1930).
Meʼda shilliq qavati bezlari chiqaradigan pepsinogen meʼda shirasidagi xlorid kislota taʼsirida Pepsinga aylanadi. Lab. da oqsilning birlamchi tuzilishini oʻrganish, sir tayyorlashda ishlatiladi. Tibbiyotda meʼda shi-rasining ajralishi susayib, ovqat hazm qilish yoʻllarining faoliyati buzilganda qoʻllanadi.