MANQALDON

MANQALDON, manqal — koʻchma metall oʻchoq; asosan, bronza va chuyandan tayyorlangan roʻzgʻor buyumi. Oyoqli va oyoqsiz, dastali va dastasiz qilib, dumaloq va serqirra (4, 8, 12 qirrali) shaklda ishlangan. Manqaldonning qirrasi qancha boʻlsa, oyoqlari ham shuncha boʻlgan. Manqaldonning devor qismi shabaka usulida panjarali, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Yerga mahkamlanadigan turi uchun bino asosidan murabba shaklli chuqur joy tayyorlanib, unga Manqaldon oʻrnatilgan. 19—20-a. larda saroy, turar joylarda xonalarni isitishda keng foydalanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x