PATALIPUTRA

PATALIPUTRA — Kda. Hindistondagi shahar, qad. dunyoning eng buyuk shaharlaridan biri (taxm. 16×3 km mayd. ni egallagan). Anʼanaga koʻra, mil. av. 5-a. oʻrtalarida podsho Ajatashatru tomonidan Lichchxavlar davlatiga qarshi qalʼa sifatida bunyod etilib, tez orada Shim. Hindistondagi eng muhim savdo, xunarmandchilik va madaniy markazga va Ma-gadxa davlatining poytaxtiga aylangan. P. Nandlar, Mauriyalar, Shunglar, Gup-talar imperiyasining poytaxti boʻlgan. Guptalar xukmronligining oxirida (5—6-a. lar) Pataliputra tanazzulga uchrab, xarobaga aylangan. Pataliputra xarobalari yaqinida, Gang daryosi boʻyida, hoz. Patna sh. kad. koʻtargan. Arxeologik qazishmalar natijasida Pataliputradan Mauriyalar saroyiga tegishli yogʻoch va gʻishtdan ishlangan binolar, koʻplab sanʼat obidalari to-pilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x