MAMLUKLAR

MAMLUKLAR (arab. — qul, xususan — oq qul) — Misrda hukmronlik qilgan ayyubiylar sulolasi (1171 — 1250)ning soʻnggi hukmdorlari qoʻshinini tashkil qilgan, naslnasabi turkiy va Kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas va b.)dan boʻlgan quljangchilar. Ularni yoshligidan oʻgʻirlab olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga oʻrgatishgan. Ular nihoyatda qahrli, jasur boʻlgan. Eng jasurlari oddiy Mamluklardan sarkarda, podsho darajasigacha koʻtarilgan. Ulardan ayyubiylarning xos qoʻshini (gvardiya) tashkil etilgan. Mamluklar 1250-y. dan Misrda (1517-y. gacha) va Suriyada (1516-y. gacha) davlatni mustaqil boshqarishgan. Mamluklarning 2 sulolasi (Bahriylar va Burjiylar) mavjud boʻlgan (yana q. Mamluklar davlati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x