TUFLAR (ital. tufo) — turli xil yoʻl bilan hosil boʻladigan togʻ jinslari guruhi. Ohaktoshli, kremniyli va vulkanik Tuflar mavjud. Ohaktoshli Tuflar yengil, gʻovak jinslar boʻlib, ularda oʻsimlik va organik qrldiklarining izlari boʻladi. Geyzeritlar kremniy T. dandir. Vulkanik Tuflar vulkan otilish jarayonida qattiq jinslardan hosil boʻladi, ularning tarkibi liparit, datsit, andezit va bazaltdan iborat. Tuflar qimmatbaho qurilish materiali boʻlib, betonga qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые