TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh.

Turkiston oʻlka sovetlarining 5syezdi (1918-y. 20 apr. —1 may)da 30 apr. kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil topdi. Syezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Koʻmitasi (Turkiston MI K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy jixatdan Fargʻona, Samarkand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Kozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6syezdida RSFSR Konstitutsiyasi andozasida TCP Konstitutsiyasi qabul qilingan. 9syezdda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR) deb oʻzgartirildi.

Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918-y. iyunda Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi, (RKPb) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920-y. gacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T. Risqulov, N. Toʻraqulov, Q. Otaboyev, A. Rahimboyev, I. Xidiraliyev, R. Islomov, N. Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan.

1918-y. bahorda sovet hokimiyati tomonidan TSSRda sanoatning yetakchi tarmoqlari (paxta tozalash, yogʻmoy i. ch., koʻnchilik va b.) hamda banklar musodara qilindi. Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi davlat tasarrufiga oʻtkazildi. Oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) natijasida dehqonlar qoʻlidagi oziq-ovqat mahsulotlari tortib olindi. 1921-y. dan oziq-ovqat soligʻi (prodnalog) joriy qilinib, yetishtirilgan hosilning katta qismi sovet organlariga majburiy topshirtirilgan. Hunarmandlar, savdogarlar va tadbirkorlardan ham katta miqsorda soliq olingan. Sovet rejimining xalqqa qarshi siyosatidan norozi boʻlgan milliy kuchlar qoʻlga qurol olib, qizil armiyaga qarshi kurashganlar. chiqib, ogʻir ahvolga tushib qolgan. Ekin maydonlari qisqarib, 1915-y. dagi 3 mln. desyatinadan 1921-y. da 1,7 mln. desyatinaga tushib qolgan. Chorva mollarining soni 24 mln. boshdan 8 mln. boshgacha kamaygan. Respublika sanoati ham vayron boʻlgan edi. 1921-y. da yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga oʻtilgan, mavjud korxonalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi korxonalar gʻam qurilgan. Biroq Turkiston sanoatida davlat sektori asosiy oʻrinni egallagan. hokimiyat sovet maktablari, gaz. va jurnallar, madaniymaʼrifiy shoxobchalari (klublar, madaniyat uylari, qizil choyxonalar) tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratib, mahalliy aholi ongiga kommunizm gʻoyalarini singdirishga harakat qilgan. Ikkinchi tomondan, milliy ziyolilar (Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarkori va b.) milliy manfaatlarni qimoya qilib, sovet hokimiyati bilan murosa qilgan holda xalqqa maʼrifat tarqatish bilan ham shugʻullanganlar. 1918-y. 12-mayda Oʻrta Osiyodagi dastlabki oliy oʻquv yurti — Musulmon xalq dorilfununi (q. Oʻzbekiston milliy universiteti)ga asos solingan.

1920-y. avgustda TSSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan Kozogʻiston ASSR (RSFSR tarkibida; 1936-y. dan Kozogʻiston SSR) tarkibiga kiritilgan. 1924-y. noyabr oyining oxirida Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliyhududiy chegaralanish natijasida TSSR tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida; 1929-y. dan Tojikiston SSR), shuningdek, K°raqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Kirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-y. dan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924-y.), T., 2002; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi, 2001.

Qahramon Rajabov, Ordali Qoniratboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x