PALMADOSHLAR

PALMADOSHLAR, palmalar (Palmae yoki Agesaseaye) — bir pallali daraxtsimon oʻsimliklar oilasi. Tropik va qisman subtropiklarda oʻsadigan 240 tacha turkumi, 3400 tacha turi maʼlum. Palmadoshlarning koʻp turlari Osiyoda (Indoneziya), Afrika va jan. Ameri-kada, Palmadoshlarning past boʻyli turi esa Yevropada tarqalgan. Koʻpincha shoxlamay tik oʻsadi. Tanasining boʻyi 60 m cha, diametri 1 m ga yetadi. Baʼzi turlari butasimon, lianasimon (300 m gacha). Barglari patsimon, daraxtsimonlarida tana uchida tuda boʻlib, butasimonlarida esa yer bagirlab osilib yotadi. Barglarining uz. hatto 15 m cha. Palmadoshlar bir va ikki uyli oʻsimlik. Ayrim turlari har yili, baʼzilari faqat bir marta gullab mevalaydi. Toʻpguli yirik, oq, sargʻish yoki koʻkish, ayrim jinsli, baʼzan qoʻsh jinsli mayda gullardan iborat. Mevalari — quruq yoki etli danak: kamroq rezavor-mevasimon, baʼzilari mayda, boshqalari esa kichik xan-dalakdek keladi. Palmadoshlar 5—12 yoshida gullaydi, 30—50 yil yashaydi.

Palmadoshlar 2 oilachaga boʻlinadi. Koʻpgina Palmadoshlarning mevasi yeyiladi. Xom mevasidan kokos suti olinadi. Pusti archilgan mevalaridan yogʻ va margarin olishda foydalaniladi (moyli palma). Poya tolalaridan juda pishiq arqon, barg tolalaridan savat, shlyapalar toʻqiladi. Poyasining kraxmalli oʻzagidan sago (sago palmasi, mavrikiya palmasi) olinadi. Finikiya palmasippnt mevasi isteʼmol qilinadi.

P. Kavkazning Kora dengiz sohillarida, Gʻarbiy Gruziyada, Qrimning jan. soqillarida, Turkmanistonning gʻarbiy qismida va b. yerlarda qadimdan manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Palmadoshlar urugʻidan, baʼzi turlari parxishlab koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x