PAVLENKO Viktor Vladimirovich (1932.14.4, Semipalatinsk viloyati Kukpekti qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1985). MXAT qoshidagi teatr studiyasini tugatgan (1971). Sahna faoliyatini 1954-y. dan boshlagan. Pavlodar, Kustanay, Barnaul, Saratov, Orenburg teatrlarida, 1971—92 y. lar Gorkiy nomidagi Toshkent rus akademik drama teatrida ishlagan. Otello, Altifol (U. Shekspir, «Otello», «Xatolar komediyasi»), Kutuzov, Satin (M. Gorkiy, «Qashshoq qalb qissasi», «Tubanlikda»), Batarsev (A. Gelman, «Imzo»), Lopaxin (A. Chexov, «Olchazor»), Avaliani (A. Chxeidze, «Uchdan oltigacha») kabi rollari bilan tanilgan. Pavlenko tragik rollar ustasi sifatida maʼlum.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые