Luis de Gongora (1561–1627) – mumtoz ispan sheʼriyati tarixida chuqur iz qoldirgan isteʼdodli vakillaridan.
U zodagon oilada tugʻilib, asosan, fan va din ahli davrasiyu saltanat doirasida hayot kechirganiga qaramay, doim oddiy odamlar orasida boʻlgani, kamtar, xokisor yashagani ilmiy adabiyotlarda taʼkidlanadi. Gongora sheʼriyati uning hayotlik davridayoq katta shuhrat qozongan. Unga bagʻishlab kitoblar yozilgan, rassomlar uning tasvirini oʻz asarlarida muhrlab qoldirganlar. Soʻnggi asrlarga kelib shoir ijodida yangi bir qiziqish toʻlqini koʻtarilgani diqqatga sazovor. Gongora Gʻarbga ham, Sharqqa ham birdek cheksiz hurmat bilan qaraydi. Bir payt ispanlar islomni qabul qilgani va buyuk Amir Temurning ular bilan munosabati uning yozmalariga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatgan, deyish mumkin. Gongora sheʼrlaridagi tafakkur kengligi va manzaralar tiniqligini Garsia Lorka ham taʼkidalagan.
Manba: Saviya.uz
Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling: