KOʻP YILLIK MUZLAGAN TOGʻ JINSLARI — tarkibida uzoq, muddat muz saqlab turuvchi va litosferaning asosiy muzlagan massasini tashkil qiluvchi jinslar. Manfiy t-ra natijasida paydo boʻladi. Bunday jinslar yer yuzasining faol yuqori qatlamidan bir qadar chuqurlikda yotadi va tegishli tabiiy sharoitda kamida ikki yildan yuz yillab va hatto ming yillab muzlagan holatda saqlanib turadi. Hoz. zamon maʼlumotlariga koʻra, muzlagan holatdagi togʻ jinslarining eng katta yoshi 1 mln. yildan oshadi. Oʻzbekistonda bunday jinslar 4000 m dan yuqoridagi togʻ tepalarida uchraydi. Muz qoʻshimchalarining shakli va oʻlchamlari va oʻzaro joylashuvi choʻkindilarning toʻplanishi va muzlash sharoitiga bogʻliq. Muzlagan togʻ jinslari oʻz tarkibida suv va suv bugʻini ham saqlashi mumkin, ularning hajmi va taqsimlanishi jinsning mineral yoki organo-mineralli skeletining dispersligiga va muzlash yoki erish sharoitiga bogʻliq. Muzlagan togʻ jinsida muzning boʻlishi uning fizik, mexaniq va filtratsiya xususiyatlariga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Boʻsh va yoriqlari boʻlgan qoyali togʻ jinslari muzlashi natijasida yangicha xususiyatlarga (bir-biriga yopishib qolish, suv oʻtkazmaslik va h. k.) ega boʻladi. Bu holat jinslardan qurilish ishlarida foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Shunday hududlarni oʻzlashtirishda oʻziga xos sharoitlarni hisobga olish zarur. Turli inshootlarni loyihalash va qurishning ilmiy asoslarini geokriologiya muhandisligi hal qiladi. Bu sohaning rivojiga xorijda rossiyalik, shvetsiyalik, amerikalik va b. olimlar salmoqli hissa qushgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии