PATON Yevgeniy Oskarovich

PATON Yevgeniy Oskarovich [1870.20.2 (4.3), Nissa – 1953.12.8, Kiyev] – payvandlash va koʻpriksozlik sohasidagi olim. Ukraina FA akad. (1929), vitse-prezidenti (1945—52); Drezden politexnika in-tini (1894) va Peterburg temir yoʻllar in-tini (1896) tugatgan. Kiyev politexnika in-ti prof. (1905).

Koʻprik sinash styasini boshqargan (1929-31). Uning tashabbusi bilan Ukraina FA da payvandlash laborato-riyasi tashkil qilingan va u elektr bilan payvandlash ilmiy tadqiqot in-tiga aylantirilgan; shu in-tning birinchi direktori. In-tga Paton nomi berilgan. Ilmiy ishlari elektr payvandlashga oid. Paton payvandlashni avtomatlashtirish, flyus qatlami ostida payvandlash va payvand bi-rikmalarning mustahkamligi masalalarini ishlab chiqqan. Koʻpriksozlik masalalari bilan ham shugʻullangan. Uning rahbarligida Kiyevda Dnepr daryosi us-tiga yaxlit payvand koʻprik qurilgan (1953).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x