Tarjimai hol
Al Farobiy Abu Nasr ibn Muhammad — faylasuf, entsiklopediyachi-olim, astronom, matematik, o‘rta asrlar Sharq mediki, sharq arastuchilarining asosiy vakillaridan biri bo‘lgan. Ikkinchi ustoz (Arastudan keyin) nomiga ega bo‘lgan. Asosiy asarlari: “Donishmandlik gemmalari”, “Himmatli shahar aholisining nuqtai nazari haqida risola”, Ilmlar tasnifi risolasi, “Katta musiqa kitobi”.
Al Farobiy 870 yil (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 872 yil) Sirdaryodagi Aris daryosi chuqurligida joylashgan (zamonaviy Qozog‘iston chegarasi) Vosij shahrining Faroba tumani atrofida dunyoga kelgan. U imtiyozli tabaqaga tegishli turkiylar oilasidan. To‘liq ismi Abu-Nasr Muhammad Ibn Muhammad Ibn Tarxon Ibn Uzlag‘ al-Farobiy at-Turkiy.
Dunyoni bilishga intilib, al Farobiy ona yerini tark etadi. Bir ma’lumotga ko‘ra, u o‘spirinlik davrida, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra qirq yoshlarida ketgan. Al Farobiy Bog‘dod, Xorrun, Qoxira, Damashq, Aleppo va Arab xalifatining boshqa shaharlarida bo‘lgan.
Hayоtining ko‘p yillarini u arab xalifatining siyosat va madaniyat markazi hisoblanmish Bog‘dodda o‘tkazgan. Bu yerda u “Bayt ul hikmat” arboblari ishlarini, yunon mualliflarining tarjimalarini o‘rganib, o‘z bilimlarini puxta boyitadi, taniqli olimlar bilan tanishib, vaqti kelganda, o‘zining yuqori axloqi va tafakkuri bilan ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Aynan shu yerda unga “Muallim Assana”, ya’ni Ikkinchi ustoz (Arastudan keyin ikkinchi, deya nazarda tutilgan) maqomi berilgan.
Haqiqatdan ham, ularni ko‘p narsa birlashtiradi: ilmiy qiziqishlari kengligi va ko‘p qirraligi, borliq va unda insonning o‘rnini falsafiy tushunishga intilish, “barcha ma’qullagan fikr”ga, xalqning kundalik donoligiga yaqinlashish kabilar. Farobiy avvalroq yunon o‘tmishdoshi ishlab chiqqan mantiq faniga mustaqil ravishda hissa qo‘shgan. O‘ziga xos va dadil falsafiy dunyoqarashlari jamiyat fikriga qat’iyan qarshi, yunon falsafasi va ilmini butunlay qabul qilishga noqobil bo‘lgan. Davrning ba’zi xurofotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’nalari esa ko‘p odamlarning unga nisbatan bid’atlikda va dindan chetlashganlikda ayblashlariga sabab bo‘lgan. Aslida, uning fikrlashida butunlay mustaqillik namoyon etilgan bo‘lib, keyin ham o‘z e’tiqodida qat’iy turgan.
Al Farobiy Bog‘dodga kelishidan avval turk va boshqa tillarda so‘zlashgan, lekin arab tilida emas, biroq, umrining oxiriga kelib yetmushga yaqin tilni bilgan. Bog‘dodda yashab, al Farobiy turli ilmlar, eng avvalo mantiq bilan shug‘ullana boshlagan. Bu vaqtda Bog‘doddagi eng taniqli mutafakkir Abu Bishr Matt ben Yunis bo‘lgan. O‘quvchilari safidan al Farobiy ham o‘rin egallab, Abu Bishr Mattning so‘zlariga ko‘ra, u Arastuning mantiqqa doir asarlariga izohlar yozgan. Al Farobiy Arastu merosini o‘rganishga chuqurlashib ketdi va g‘oyalarni qabul qilish, buyuk yunon olimi qoldirgan masala va muammolar yechimida yengillikka erishdi.
Al Farobiyning ko‘p qirrali ilmiy tadqiqotlar natijasi o‘rnida “Fanlar tasnifi haqida” risolasini aytish mumkin. Unda o‘z davrining barcha ilmlari qat’iy tartibda sanalib, har bir fan ta’rifi o‘rganib chiqilgan.
Bog‘dodda al Farobiy o‘z bilimlarini chuqur boyitadi, taniqli olimlar bilan munosabat o‘rnatib, tez orada ular orasida nufuzga ega bo‘ladi. Lekin aqidaparast yo‘nalishdagi ulamolar orasida al Farobiyda safdoshlarining fikrlariga nisbatan ziddiyat uyg‘onib, bilimga ega bo‘lishda aql-idrokka asoslangan va insonlarni dunyoviy hayotida baxtga erishish yo‘liga qaratilgan fikri olg‘a turadi. Natijada, al Farobiy Bog‘doddan ketishga majbur bo‘ladi.
U Damashq orqali Misrga yo‘l oladi. O‘zining “Fuqaro siyosati” kitobida u bu ishni Bog‘dodda boshlab, Qoxirada (Misr) yakunlaganini esga oladi. Sayohatdan so‘ng al Farobiy Damashqqa qaytadi umrining oxirigacha shu yerda yolg‘izlikda hayot kechiradi. O‘z asarlarini u alohida qog‘ozlarda qoldiradi (shu sababli uning asarlari alohida bob va qaydlarda saqlanib qolgan, ayrimlari parchalardagina saqlanib, ulardan ko‘plari yakunlanmagan ham). Sakson yoshida vafot etgan va Damashqning Kichik devori tagiga ko‘milgan. Aytishlaricha, o‘limidan so‘ng mozori yonida podshoning o‘zi to‘rt qamish ustida namoz o‘qigan.
Farobiyning falsafiy faoliyati ko‘p qirrali, u ensiklopediyachi-olim bo‘lgan. Faylasufning umumiy ishlari soni 80 va 130 o‘rtasida.
Farobiy doimiy ravishda dunyoning tuzilishini o‘rganishga harakat qilgan. Izlanishlariga ko‘ra, barchasining boshi har doimgiday Alloh. O‘rtasi — borliq iyerarxiyasi. Odamzod — dunyoni anglab, unda harakatlanuvchi nogiron. Oxiri — chinakam baxtga erishish.
Al Farobiy insoniyatning bilimga ega bo‘lish mohiyatiga oydinlik kiritgan. Mohiyatni anglash uchun his qilishning o‘zi yetarli emas. Bunga faqat aql yordamida erishish mumkin.
“Himmatli shahar aholisining nuqtai nazari haqida risola” — al Farobiyning eng yetuk asarlaridan biri. 948 yil Misrda yozilgan.
“Himmatli shahar” ta’limoti keltirilgan bo‘lib, uning eng boshida faylasuf turadi. Al Farobiy insonning maqsadi baxt bo‘lib, unga faqat aql-idrok orqali erishish mumkin, deya tahmin qilgan. Mutafakkir jamiyatni davlat bilan tenglashtirgan. Jamiyat — inson organizmi. “Himmatli shahar — tirik jonzot hayotini saqlab qolish maqsadidagi barcha a’zolari bir-biriga yordam beruvchi sog‘lom tana singari”.
Farobiy, haqiqatdan ham jahon miqyosidagi inson bo‘lgan, u o‘zining ijodiy yutuqlarida arab, fors, yunon, hind va o‘zining shaxsiy turk madaniyatini o‘rganib, umumlashtirgan. Turk madaniyati sadosi uning mashhur “Kitab al musiq al kabir” (“Katta musiqa kitobi”) asarida yaqqol namoyon bo‘lgan.
Farobiy qo‘lyozmalari dunyoning ko‘plab kutubxonalaridan joy olgan. Shuningdek, Farobiy ijodini o‘rganuvchi olimlar safi ham shunchalik keng. Farobiy asarlarini nashrdan chiqaruvchi, uning chinakam ensiklopedik merosinining turli jihatlardan o‘rganuvchi olimlar farobiyshunoslikka o‘z xissasini qo‘shib kelishmoqda.