Tarjimai hol
Abdulla Avloniy — buyuk shoir, yozuvchi, dramaturg, pedagog, jurnalist va xalq arbobi, o‘zbek madaniyati va adabiyotining asoschilaridan biri. U o‘zbek pedagogikasi, dramaturgiyasi, milliy teatri, jurnalistikasi, bolalar adabiyotini yangi darajaga olib chiqqan.
U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida to‘quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Otasi Miravlon kambag‘al kishi bo‘lgan, shu sababli Avloniy yoshligidan ishlab, pul topishni boshlagan. Uni “Imaratgi usta” deb nomlashgan. Bu haqda u o‘z tarjimai holida shunday yozadi: 12 yoshimda O‘qchi mahallasidagi madrasada tahsil olganman, 13 yoshimda pul topib, oilamga yordam berganman, qishda esa o‘qiganman.
15 yoshidan Abdulla Avloniyning she’rlari yozma manbalarda chopila boshlagan. 1904 yil Avloniy jadidlar boshqaruvchilaridan biri bo‘lgan va jadidchilik maktabini ochgan, 1909 yil “Jamiyati hayriya” tashkilotini yaratadi. 1905-1917 yillar o‘z nashrlari bilan bosma manbalarda faol qatnashadi, “o‘zgarish urug‘lari”ni eka boshlaydi.
1907 yil Avloniy “Shuhrat” gazetasini ochadi. O‘qishdan so‘ng pedagogika bilan shug‘ullanadi, yangi o‘quv tizimiga asos soladi va Sharq hamda G‘arb tillarini o‘qitish taklifini beradi.
Avloniy birinchi bo‘lib jo‘g‘rofiya, kimyo, astronomiya va fizika fanlarini Turkiston maktabida o‘qitish taklifini beradi, u darslar orasida tanaffuslarni, o‘quvchilar bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishi orasida imtihon topshirish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Shunday qilib, Turkistondagi ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi.
1895 yildan e’tiboran, Avloniy “Qobil”, “Shuhrat”, “Hijron”, “Avloniy”, “Surayyo”, “Abulfayz”, “Indamas” kabi tahalluslar ostida ijod qilarkan, feletonlar va dramatik asarlar yozadi. U o‘z xalqini ta’lim olib, ma’rifatli bo‘lishga chorlagan.
1909 yil u jadidchilik uslubidagi maktabni ochadi. Behbudiy bilan birgalikda u “Turon” truppasiga asos solishadi va “Padarkush” piesasini sahnalashtirishadi. 1917 yil revolyutsiyadan so‘ng “Yashasin xalk jumxuriyati” shiori bilan “Turon” gazetasini nashrdan chiqara boshlaydi.
Shoir sifatida Avloniy juda ko‘p she’rlar yozgan. Uning “O‘z mamlakatimizda”, “Maktab” kabi mashhur she’rlari xalqni ma’rifatparvarlikka chorlaydi. Ayniqsa, “Adabiyot” kitobi juda mashhur.
Abdulla Avloniy 19 asr oxirlaridan o‘zbek xalqi orasida keng tarqalgan jadidchilik harakati boshqaruvchilaridan biri hamda o‘zbek bolalarining yangi uslubdagi maktabi tashabbuschilaridan biri bo‘lgan. Ushbu maktablar uchun darsliklar va qo‘llanmalar yozgan.
Afg‘oniston xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlagan, Sovet Ittifoqining Afg‘onistondagi elchi-konsuli bo‘lgan. U O‘rta Osiyo universitetida dars bergan va kitoblar yozgan.
Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgust kuni Toshkent shahrida vafot etgan va Botkina qabristoniga ko‘milgan.
Ilmiy ishlari
O‘zbek tilida bolalar uchun darsliklar:
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Tarix”, “Turkiy Guliston yohud ahloq”.
Pesalari:
“To‘y”, “Qurultoy”, “Layli va Majnun”, “Ikki muhabbat”, “Advokatlik osonmi?”, “O‘liklar”, “Pinak”, “Biz va siz”, “Bo‘ron”, “Portugaliya inqilobi”.
Masallar:
“Tulki va qarg‘a”.
Dostonlari:
“Mardikorlar ashulasi”, “Vatan”, “Maktab”, “Bog‘cha”, “Yalqov shogird tilidan”, “Tog‘lardan bir manzara”, “Millatga xitob”, “Ishchilardan tortiq”, “Ko‘klam keldi”, “Tovush”.
Maqolalari:
“Maqsad va maslak”, “Xolimizga doir”.
Hikoyalari:
“Hasad balosi”.
Boshqa ishlari:
1907 yil o‘zbek tilida “Shuhrat” gazetasini nashrdan chiqaradi.
1913 yil “Turon” truppasiga asos soladi.
1917 yil “Osiyo” gazetasini nashrdan chiqaradi.