Adilxanov Karim Xasanovich

Tarjimai hol

Adilxanov Karim Xasanovich — 1944 yil tug‘ilgan, o‘zbek. 1966 yil Toshkent davlat texnika universitetining geolog-razvedkachi fakultetini “Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish” mutaxasisligi bo‘yicha bitirgan. Adilxanov Karim Xasanovich institutni bitirgach, “Kristallografiya va mineralogiya” kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, professor bo‘lib ishlagan.

Universitetda ishlagan, bakalavr hamda magistr bosqich talabalariga kristallografiya, mineralogiya, genetichk mineralogiya darslari bo‘yicha lektsiyalar o‘qigan va amaliyot darslarini o‘tgan.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Burchmulla poligonida mineralogiya bo‘yicha o‘quv-geologik amaliyotini boshqargan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlaridan faol ishtirok etadi.

1976 yil may oyidan kafedraning mavzuviy ekspeditsiyasi boshlig‘i. Har yili professor-o‘qituvchilar tarkibida ilmiy-texnik konferentsiyalarda ishtirok etadi.

Ishlab chiqarilishda qo‘llaniluvchi 8 ta hisoboti va 15 ta maqolasi nashrdan chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x