IYQO

IYQO (arab. — tuzmoq, sozlamoq, belgilamoq) — Oʻrta asr musulmon Sharqi musiqa ilmining asosiy tushunchalaridan biri. Maxsus atama sifatida aruz va musiqa ilmining asoschisi hisoblanmish Xalil ibn Ahmadning (768-y. da vafot etgan) «Kitobul iyqo» va «Kitobunnagʻam» asarlarida ilk bor qoʻllanganligi taxmin qilinadi. Qad. risolalarda Iyqo atamasining 10 dan ortiq taʼriflari keltiriladi. Shulardan asosiylari:

1) musiqiy harakat (intiqol) ning vaqt (yoki izchillik, takroriylik) jihatidan namoyon boʻli-shi;

2) musiqiy vaqt oʻlchami, faraz qilinuvchi eng kichik zamon birligi («miqyol ul-avval», Forobiy). Ushbu maʼnoda zamonaviy Gʻarb musiqa ilmidagi metr va Sharq aruz nazariyasidagi vazn tushunchalariga mos keladi;

3) musiqiy vaqt oʻlchamlarining sifat koʻrsatgichi, yaʼni turli oʻlcham (metr) larning oʻzaro nisbatlari, musiqiy ritm tushunchasiga mos keladi. Agar «iyqo-metr» musiqiy vaqt jarayonini nazariy anglashning dastlabki bosqichi boʻlsa, «iyqo-ritm» ushbu ilmiy mavhumlashtirishning oliy darajasidir (yana q. Ilmi iyqo).

Abdumannon Nazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x