KRIVOSHIPLI MEXANIZM

KRIVOSHIPLI MEXANIZM — qoʻzgʻalmas oʻq atrofida aylanib bir tur harakatni ikkinchi tur harakatga aylantiruvchi zvenosi (krivoship yoki tirsaqli val) boʻlgan mexanizm. K. m. da, odatda, aylanma va ilgarilanma kinematik juftlar boʻladi. Krivoshipli mexanizm ningyassi (barcha zvenolari parallel tekisliklarda xarakatlanadigan) va fazoviy, 4 zvenoli va koʻp zvenoli turlari bor. Mashinasozlikda eng koʻp tarqalgan yassi 4 zvenoli Krivoshipli mexanizm 3 guruhga: 4 zvenoli krivoship-polzunli, sharnirli va krivoship-kulisali turlarga boʻlinadi. Krivoship — polzunli mexanizm aylanma harakatni toʻgʻri chiziqli ilgarilama-qaytma yoki aksincha harakatga aylantiradi. Uning aksial va dezaksial turlari bor; porshenli dvigatellar, kompressor, presslar, vasoslar va b. da qoʻllaniladi. Krivoship koromisloli mexanizm aylanma harakatni tebranma xarakatga aylantiradi. Toʻquv avtomatlaridagi 4 zvenoli krivoshipkoromisloli mexanizm batan mexanizmi deyiladi. Bunday mexanizmlar hamir qorish mashivalarida ham ishlatiladi. Tarkibida 2 krivoship boʻlgan 4 zvenoli mexanizm qoʻsh krivoshipli mexanizm deyiladi (mas, sharnirli antiparallelogramm mexanizmi). Krivoshipli mexanizm m . ning yana boshka turlari ham bor (yana q. Kuliskali mexanizm, Sharnirli mexanizm).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x