KREML

KREML (rus.) — qad. rus shaharlarining markaziy qismi; atrofi devor bilan oʻralgan minorali qalʼa, mudofaa inshootlari, saroy va cherkovlardan iborat. Ilk bor 1331-y. yozma manbalarda «Kremnik» debtilgaolingan. Kreml devorlari dastlab yogʻoch va loydan, 1 1 — a. dan tosh va gʻishtdan qurilgan. Asosan shaharning baland joyida, daryo yoki koʻl boʻyida barpo etilgan. Shaharning negizi hisoblanib, uning qiyofasida muhim oʻrin tutgan. Novgorod, Pskov, Toʻla, Smolensk, Moskva kabi shaharlar Kremli saqlangan. Kremlda knyaz yoki podshohlarning qarorgohi, sobor, boyarlar uyi va b. boʻlgan. 16 — 17-a. larda Kreml qurilishi keng avj oldi, ammo 19-a. dan harbiy-strategik ahamiyatini yoʻqotib shahar majmuasidan faqat maʼmuriy markaz va tarixiy-ba-diiy ansambl sifatida oʻrin oldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x